+998712088194

Qo'ng'iroq qiling

info@unicon.uz

Xabar yo'llang

Dush-Shan 9:00-18.00

O'zbek tilidagi matnlarning mazmunini tahlil qilish tizimi

Ma'lumotlarning asosiy manbai bo'lgan matnli ma'lumotlarni semantik jihatdan tahlil qilish matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi va mashinali o'rganish usullari orqali amalga oshirilgan.

Matnlarni semantik tahlil qilish orqali quyidagi amaliy masalalarni hal qilish mumkin.

Material uchun taqrizchini avtomatik aniqlash

Olimlarning qilgan ishlarini o'rgangan holda joriy ishga eng yaqin sohada ishlovchi eng maqbul izlanuvchini taqrizchi sifatida tavsiya qiluvchi tizim sifatida foydalanish mumkin. Buning uchun har bir olimning ilmiy ishlaridan iborat shaxsiy profili yaratiladi.

Katta hajmdagi ma'lumotlarni avtomatik sinflarga ajratish

Katta hajmdagi ma'lumotlarni semantik jihatdan yaqin bo'lganlarini aniqlash va guruhlash mumkin. Shu orqali ma'lumotlarning izlash uchun qulay va tartibli holda saqlanishiga erishish imkoniyati yaratiladi.